MIRZAYEV Saidali Tursunovich

MIRZAYEV Saidali Tursunovich (1939.22.7, Samarqand) — ganchkor, Uzbekiston xalq ustasi (2000). Samarqand arxitektura-qurilish in-tini tugatgan (1977). 1958-y. da ganchkor usta Ibrohim Shermuhamedovga shogird tushgan; ustozi b-n Shoqizinda maj-muasi, Bibixonim mayejidi, Amir Temur maqbarasi, Tillakori, Ulugʻbek, Sherdor madrasalari va b. meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. 1967-y. dan mustaqil usta, 1976-y. dan Samarqand sh. 37kasbhunar texnika bilim yurtida ganch oʻymakorligidan dare bera boshladi. Mirzayev islom meʼmorligining gumbaz sanʼatida qoʻllaniladigan muqarnas kabi oʻta murakkab shaklini tiklash va yangi turlarini yaratishda ijodiy yutuklarga erishdi.

Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri, SamTI, Samarqand arxitektura-qurilish in-ti binolarining ichki va tashqi bezaklari (naqqoshlik, ganchkorlik, koshinkorlik ishlari)ni mustaqil usta sifatida yuksak badiiy saviyada bajardi. Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Sherdor Madrasa gumbazidagi bajarilgan ishlar ustaning yuksak mahoratini namo-yish etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x