MIRZAQULTEPA

MIRZAQULTEPA — ilk kushonlar davriga oid qoʻrgʻon xarobasi (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a. boshi). Termiz sh. aeroporti hududida, qad. Termiz sh. ni suv bilan taʼminlovchi Surxondaryodan chiqarilgan kanalning oʻrta oqimida joylashgan. Yodgorlikning kvadrat shaklda saqlanib qolgan qismi 1 ga mayd. ni egallab, bal. 3 m ni tashkil qiladi. 1973—76 va 1974—80 y. larda Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Baqtriya ekspeditsiyasi (Sh. Pidayev) tomonidan Mirzaqultepaning jan. qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. 2 meʼmoriy bosqich qayd etilgan. Qazishma ishlari yuqori meʼmoriy bosqich sathida olib borilgan va qoʻrgʻonning mudofaa devorlari va yuzga yaqin turli hajmdagi toʻgʻri toʻrtburchak va kvadrat shakldagi xonalar, koʻcha va yoʻlaklar ochib oʻrganilgan. Qoʻrgʻon va uy devorlari kvadrat shakldagi xom gʻishtdan qurilgan va bular oʻzlarining simmetrik koʻrinishlari bilan ajralib turadi. Har bir uy 3—5 xonadan iborat. Don mahsulotlarini xumlarda saklaydigan maxsus omborxonalar ochilgan. Mirzaqultepadan yuqori si-fatli sopol idishlar, temir va jezdan tayyorlangan koʻzgu, paykonlar, pichoq va oʻroqlar, tosh yorgʻuchoqlar, tegirmontoshlar, ur-chuqlar, bezak bu-yumlar, suyakdan ishlangan tugmalar, erkak va ayol maʼbudlarning terrakota haykalchalari, aholi tomonidan ilohiylashtirilgan suvoriy, xoʻkiz, fil, maymun, yoʻlbars kabilarning haykalchalari, sopolga bitilgan baqtr yozuvi va Yunon-Baqtriya podshosi Geliokl tangalariga taklid qilib zarb qilingan jez tangalar va b. topilgan. Aholi, asosan, de-hqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Mil. 2-a. da Mirzaqultepa xarobalarida bir necha qabr paydo boʻlgan. Mirzaqultepadan 300—350 m shim.-sharqda qabriston joylashgan, unda 10 ga yaqin qabrlar saqlanib qolgan.

Ad.: Pidayev Sh. R., Mirzakultepa — pamyatnik rannekushanskogo vremeni Severnoy Baktrii. Baktriyskiye drevnosti, L., 1976; Pidayev Sh. R., Poseleniya ku-shanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978.

Shokirjon Pidayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x