Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov haqida ma’lumot

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov 1952 yil 1 sentyabrda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi Dasht qishlogʻida tavallud topdi.

ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1970–1976).
Mehnat faoliyatini Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi targʻibot markazida direktor oʻrinbosari, direktor, “Yozuvchi” gazetasining bosh muharriri, Oʻzbekiston teleradikompaniyasining “Oʻzbektelefilm” studiyasida boʻlim boshligʻi, bosh muharrir, kinofond sektorining boshligʻi lavozimlarida ishladi.
“Sodiq” nomli ilk hikoyasi 1973 yil “Guliston” jurnalida bosildi, “Yurakdagi sir” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1977 yili nashr etildi. Shundan soʻng adibning “Beorom toʻlqinlar” (1981), “Baxt yulduzi” (1983), “Oyni axtarayotgan bola” (1984), “Sanam togʻidagi gulxan” (2004) nomli qissa va hikoyalar kitoblari, “Sanam togʻidagi gulxan” (2005) saylanmasi, “Zanjir” (2012) romani oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilindi.
Adibning “Oyni axtarayotgan bola”, “Sanam togʻidagi gulxan” qissalari, “Yovqochdi” hikoyasi ingliz, rus, ukrain, moldovan, qirgʻiz tillariga tarjima qilindi. U kinodramaturgiya sohasida ham samarali mehnat qildi. “Gunoh” (1991), “Olov qaʼridagi farishta” (1992), “Tavba” (1994), “Muallim” (1998), “Muzaffar” (2004), “Qaydasan, oymomo” (2010) nomli badiiy filmlar uning asarlari asosida suratga olindi. “Zanjir yoxud oʻta maxfiy daftar” nomli romani asosida 14 qismli serial suratga tushirildi. Yozuvchi va shoirlar hayotidan hikoya qiluvchi “Ijod olami” (2000) nomli 12 filmdan iborat turkum, “Qarshi” (2004), “Mirob” (2006), “Teatr” (2011), “Toshlarga muhrlangan tarix” (2012) kabi filmlar ham u mualliflik qilgan asarlar asosida suratga olingan.
“Ayollar saltanati” (1986), “Dunyo bozori” (2010), “Farrosh qiz” (2013) kabi sahna asarlari Qarshi, Qoʻqon hamda respublika yosh tomoshabinlar teatrlarida sahnaga qoʻyildi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x