MIRZAOBOD TUMANI

MIRZAOBOD TUMANISirdaryo viloyatidagi tuman. 1988-y. 2 sent. da tashkil etilgan. Dastlab Komsomol, 1992-y. 22 okt. dan Mirzaobod deb nomlangan. Viloyatning Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod, Boyovut, Mehnat-obod, Sharof Rashidov va Oqoltin tumanlari hamda bir qismi Qozogʻiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 41,5 ming kishi (2000). Mirzaobod tumanida 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Mehnatobod, Mirzachoʻl, Navbahor, Nurafshon, Oqoltin, Toshkent) bor. Markazi Navroʻz qishlogʻi.

Tabiati. Mirzaobod tumani Mirzachoʻl tekisligida joylashgan. Yer yuzasi tekislik (oʻrtacha bal. 250 m), lyossimon qumoq va kumlokdar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28°, yanv. niki —2° dan —4° gacha. Yiliga 200—300 mm yogʻin tushadi. Grunt suvlari shoʻr va shoʻrtob. Tuproklari, asosan, boʻz tuproq. Tabiiy oʻsimliklardan miya, yantoq, qamish, yulgʻun, qiyoq kabilar ariqzovurlar chetida oʻsadi. Chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻrsiq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kaltakesak va ilonlar uchraydi. Parrandalardan oʻrdak, loyxoʻrak, qirgʻovul, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 94 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligining asosi — dehqrnchilik, yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Gʻalla, sabzavot, poliz, meva, uzum, kartoshka ham yetishtiriladi. Tumanning asosiy ekin maydoni 44426 ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 24043 ga. Mirzaobod tumanida 10 shirkat, 43 dehqon-fermer xoʻjaligi, 5 xususiy ferma, 2 chorvachilik aksiyadorlik jamiyati bor. Tumanda 3 sanoat, 2 qurilish korxonasi, 37 xususiy korxona, dehqon bozori, Xalq banki binosi, stadion, tennis korti mavjud. 30 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar, 2 iqtidorli bolalar litseylari faoliyat koʻrsatadi. 3 kasalxona, 5 qishloq vrachlik punkti, markaziy poliklinika xalqqa xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x