MIRZAKALON ISMOILIY

MIRZAKALON ISMOILIY (1908.15.10, Ush — 1986.5.5, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Urta Osiyo untining sharq f-tida oʻqigan (1928—30), rabfakda dare bergan. Uzbekiston Davlat nashriyoti (1932—37), Toshkent kinostudiyasi (1937-38), Yozuvchilar uyushmasi (1939), «Qizil Uzbekiston» gaz. (1948-49) va «Sharq yulduzi» jur. da (1949—50) ishlagan. 2-jahon urushi qatnashchisi. Qatagʻonga uchrab 1950-55 y. larda qamalgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida budim mudiri (1955—58). «Ozod inson haqida qoʻshiq» hikoyalar toʻplami (1948), «Keng maydonlar» pyesasi (1949) muallifi. «Fargʻona tong otguncha» tari-xiy romani (1—2-kitob, 1958—1968)da 20-a. boshidagi oddiy kishilarning maʼrifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-a. boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. «Bizning roman» (1962), «Inson husni» (1969) va «Odamiylik qissasi» (1972), «Qizlar daftari» (1980), «Uzingdan koʻr» (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuvlik va oʻzaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. Mirzakalon Ismoiliy jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x