MIRKARIMOVA Qunduz (1928.8.3, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster va pedagog. Oʻzbekiston xalqartisti (1966). Tamaraxonim nomidagi balet maktabida taʼlim olgan (1937—41), Katta teatr (Moskva) krshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1951). Yangiyul musiqali drama va komediya teatrida (1943-46), Muqimiy teatr i da (1946-49), Navoiy teatrida (J 95 1 – 53), Oʻzbekiston davlat filarmoni-yasida (1953 — 56) yakka raqqosa. «Bahor» ansamblida yakka raqqosa va pedagogrepetitor (1957—67), badiiy rahbar (1979—88), Toshkent davlat milliy rake va xoreografiya oliy maktabida pedagog (1964-79 va 1988-y. dan; 1996-y. dan prof.). M. ijrosidagi raqslar samimiy, nafis va jozibadorligi, harakatlari shoʻx va joʻshqinligi bilan ajralib turadi. «Gʻayratli qiz», «Katta oʻyin», «Xorazmcha raqs», «Uygʻurcha rake», «Rohat», «Jonon», «Nay navosi», «Bahor tongi», «Tanavor», «Zang oʻyin», «Pomircha raqs», «Dildor», «Gulrux», «Gulnoz» kabi mumtoz, xalq, zamonaviy va b. xalqlar raqsini mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, u maqom kuylariga tushgan raqslari bilan mashhur.
Baletmeyster sifatida oʻzbek raqs sanʼatining eng yaxshi anʼanalarini rivojlantirdi. U mumtoz, xalq va zamonaviy raqslarni sahnalashtirgan. «Xotira», «Ona qalbi» kompozitsiyalari, «Mustazod», «Zang», «Oʻzbekiston qizlari», «Navroʻz», «Doira raqsi», «Tanavor 2», «Tanavor 3», «Siynaxiroj», «Surnay navosi». «Ey sarvi ravon», «Oʻzbek miniatyurasi», «Xamsa», «Katta buxorcha» kabi ommaviy, «Nasri segoh», «Savti munojot», «Togʻ qizi», «Dilxiroj», «Oʻrik gullaganda», «Nurxon», «Oʻyna, oʻyna Gulnora» kabi yakka raqslari oʻzbek xoreografiyasining oltin fondidan oʻrin olgan. Bir qancha chet davlatlar (Fransiya, Yaponiya, Avstriya, Xindiston, Sudan, Liviya, Misr va b.)da gastrolda boʻlgan. «Doʻstlik» (1997) ordeni va «Shuxrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.