MIRIY

MIRIY, Shoiq (taxallusi; asl ismsharifi Mirahmadxon Mirabdurahmon oʻgʻli) (1833 – Toshkent – 1916) – shoir, xattot, tarjimon. Margʻilon va Buxoroda oʻqigan. Toshkent madrasalarida mudarrislik qilib arab va fors tillaridan dare bergan, shogirdlariga nastaʼliq va nasx xatlarini oʻrgatgan. Uzbek, arab va fors tillarida ijod qilgan. Bedil gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Sheʼrlarining koʻpchiligi anʼanaviy ishqiy mavzuda («Ey jamoling shavqidin…», «Yotdim adam saxrosida…»). Ayniqsa, 20-a. boshlarida kam yozilgan taʼrix ustasi boʻlgan. «Fiqhi Akbar» nomli arabcha asarni «Ikdi durar sharhi fikh al-Akbar» nomi bilan sheʼriy tarjima qilib (1898), Toshkentda 1908-y. da chop ettirgan.

Sheʼrlari turli bayozlarda va Moʻminjon Muhammadjonov — Toshqinning «Toshkentlik va Toshkentda boʻlgan oʻzbek shoirlarining tarjimai xrllari» kitobida uchraydi.

Ad.: Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x