MIRAHMEDOV

MIRAHMEDOV Sodiq (1926.21.8 — Toshkent —1988.18.6) — genetik-seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), VASXNIL akad. (1978). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tining agronomiya f-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-tida il – r| f~«,»] miy xodim (1954 — 63), lab. mudiri (1964-76), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. in-ti direktori (1976 — 86), 1986-y. dan shu in-tda ilmiy maslahatchi. Mirahmedov yovvoyi Meksika gʻoʻzasi kenja turi (G.mexicanum Tod. Maiyeg) ning turlararo uzok, geografik shakllari duragaylarida verti-sillyoz viltga chidamlilikning irsiylanishi krnunlarini aniqladi. Yovvoyi Meksika gʻoʻzasi b-n S-4727 gʻoʻza navini tur ichida uzoq geografik shakllarni duragaylash usuli orqali chatishtirib tolasi yuqori sifatli, viltga chidamli, tezpishar, serhosil, koʻsagi yirik gʻoʻza navlarini yaratishning yangi usulini ishlab chikdi va Toshkent 1, Toshkent 2, Toshkent 3, Toshkent 6 navlarini yaratdi. «Paxtachilik ensiklopediyasi»ning (rus tilida, T., 1985) bosh muharriri boʻlgan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

As: Razrabotka metoda vыvedeniya viltou-stoychivыx sortov xlopchatnika i vnedreniye ix v proizvodstvo,T., 1972; Vnutrividovaya otdalennaya gibridizatsiya xlopchatnika G. hirsutum L. na viltoustoychivost, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x