MIR TOQIY

MIR TOQIY Mir Muxammad (1724—1810) — hind va urdu adabiyotining yirik namoyandasi, shoir. «Gʻazal shohi» nomi bilan shuhrat qozongan. Dexli va Laknavda boburiylar xizmatida boʻlgan. Xalqning qismati, orzu va istaklari, insoniy tuygʻulari shoir sheʼrlarining asosiy mavzuidir. 6 gʻazallar devoni, bir qancha qasida, marsiya va 20 dan ortiq masnaviylar yaratgan. «Sevgi alangasi», «Muhabbat dengizi» va «Ajdarnoma» dostonlari uning ijodida alohida oʻrin egallaydi. «Mir xotiralari» («Zikr-yemir») degan biografik asar yozgan, urdu sheʼriyati antologiyasi («Nukot ush-shuaro»)ni tuzgan (ikkisi ham fors tilida).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x