MIQDOR ANALIZI

MIQDOR ANALIZI, miqdoriy analiz — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar mikdori (massasi, konsentratsiyasi va sh. k.) yoki mikdoriy nisbatlarni anikdash usullari. Komponentlar sifatida atomlar, molekulalar, izotoplar, funksional guruhlar, fazalar va sh. k. boʻlishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning mik,doriga koʻra, makrousullar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarimmikro-usullar (0,01—0,1 g), mikrousullar (0,001—0,01 g), submikrousullar (0,1 — 1 mg) va ultramikrousullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini namuna tarkibidagi mikdoriga koʻra, shartli ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy boʻlmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qoʻshimchalarga (0,01% dan kam) boʻlinadi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x