MIOGLOBIN (mio… va globin) — murakkab oqsil. Tarkibi va xossalari jihatdan gemoglobinga oʻxshaydi. Mioglobin oksigemoglobin hosil qila olganidan, ishlayotgan muskullarni zaxira kislorod bilan taʼminlaydi. Tuzilishi rent-genostruktura tahlili usulida aniqlangan. Bitta polipeptid zanjirdan iborat. Umurtqali hayvonlar muskullarida toʻqimaning quruq massasi hisobida 2%, suv ostida uzoq yashay oladigan dengiz hayvonlari (tyullen, kit, delfin va b.) muskullarida 20% gacha Mioglobin boʻladi. Mioglobin muskullarda molekulyar kislorodni toʻplab, hujayralarning oksidlanish sistemasiga oʻtkazib berish xususiyatiga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые