Ming qargʻagʻa bir kesak

Muhammad Sharif Gulxaniyning “Zarbulmasal”i kitobxonga beadad zavq beradi. Asarda xalqimizning tesha tegmagan, koʻp maʼno qatlamli maqollari, iboralari jamlanib, bamisoli koʻrkam guldastaga aylangan. Anvoyi chechaklardan terib, sizga ham ilindik. Oʻqing, uqing!

 

Ayron talab qilsang, chelagingni yashirma.

 

Bosh omon boʻlsa, boʻrka topilur.

 

Koʻr tutganini qoʻymas va kar eshitganini qoʻymas.

 

Qoʻynidan toʻkilsa – qoʻnjiga.

 

Shayxning hunari boʻlmasa, xonaqahi tang.

 

Qoʻchqor boʻlar qoʻzining peshonasi doʻng boʻlur, Ogʻa boʻlar yigitning peshonasi keng boʻlur.

 

Bor maqtansa topilur, yoʻq maqtansa chochulur.

 

Yaxshilar topib soʻzlar, yomonlar qopib soʻzlar

 

Sigir suv ichgunicha, buzoq muz yalar.

 

Yaxshi bilan yurding –

etding niyatga, yomon bilan yurding – qolding uyatga.

 

Ot olsang, uying birla kengash.

 

Egasini siylasang, itiga soʻngak ber.

 

Chumchuq semirsa, botmon boʻlurmi?

 

Bemor tuzalgusi kelsa, tabib oʻz oyogʻi bilan kelur.

 

Qizni kim suymas, qimizni kim ichmas.

 

Oyoq yugurigi – oshqa, ogʻiz yugurigi – boshqa.

 

Karnaychidan nima ketar. Bir puf.

 

Erman yogʻochini egilgani – singani, er yigitning uyalgani – oʻlgani.

 

Bitar ishning qoshigʻa yaxshi kelar boshigʻa.

 

Ikki suyukli bir koʻngilga sigʻmas.

 

Choʻpni xor tutsang, koʻzga tushar.

 

Esing borida etagingni yop.

 

Ola toʻgʻonoq olgʻur boʻlsa ham, ahvoli maʼlum.

 

Uyda chaksa uni yoʻq, tom boshida qoʻsh tanur.

 

Ola koʻzanak ola boʻlsa ham, arslon boʻlmas.

 

Oshiqqan qiz erga borsa, yorchimas.

 

Toshkent madaniyat kolleji oʻqituvchisi Sarvar TOGʻAYEV tayyorladi.

 

“Yoshlik”, 2016 yil 1-son

https://saviya.uz/ijod/xalq-ogzaki-ijodi/ming-qargaga-bir-kesak/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x