MINERALLAR OQIQ AGREGATLARI

MINERALLAR OQIQ AGREGATLARImineral massalarining shakli; karbonat, nordon sulfatli, nordon fosforli va b. kimyoviy birikmalar yuza katlami yoki gidrotermal eritmalarining choʻkishidan hosil boʻladi. Minerallar oqiq agregatlari kolloid eritmalar, shuningdek, asl eritmalardan hosil boʻlishi mumkin. Agregatlar sumalak shaklida (stalaktit va stalagmit), gʻudda, kurtaksimon pust, shakleiz oqma koʻrinishida boʻladi. Yer pusti va yer yuzasida harakatda boʻlgan suv bir qancha minerallar, ayniqsa, ishqoriy-yer elementlari karbonatlarini anchagina qismini eritadi. Suvning bugʻlanishi, sharoit, t-ra va bosimning oʻzgarishi yoki almashinuv reaksiyasi eritmadagi moddani Minerallar oqiq agregatlari koʻrinishida ajralib chiqishiga olib keladi. Minerallar oqiq agregatlari yer ustida Yer pustining yuza qatlamida: geyzerlar, mineral buloqlar yotqiziklarida, gʻorlar, togʻ jinslaridagi yorikdar, boʻshliklarda, ruda konlari oksidlanish zonalarida, shuningdek, tashlandiq ruda konlarida hosil boʻladi. Biroq ruda minerallari kollomorf «regatlari (pirit, sfalerit, kassiterit va b.) chuqurda joylashgan gidrotermal eritmalarda ham vujudga keladi. Kalsit, malaxit, qoʻngʻir temirtosh, mis fos-fati kabi Minerallar oqiq agregatlari keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x