MILONIT

MILONIT (yun. mylon — tegirmon) — maydalangan va mayda kukunga aylangan togʻ jinsi: togʻ massalarining tektonik uzilmalar yuzasi boʻylab harakatlanishi natijasida hosil boʻladi. Vujudga kelgan kuchli bosim sharoitida togʻ jinslari (granit, gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar va h. k.) chang holatiga qadar maydalanadi va ayni vaqtda zichlanadi. Milonitlanish kataklaz (minerallarning togʻ jinsi ichida deformatsiya natijasida maydalanishi) dan togʻ jinsining juda ham kichik mikroskopik zarra oʻlchamigacha maydalanishi bilan farq qiladi. M. Tyanыian va Ural togʻlaridagi yirik regional surilmalar boʻylab uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x