MILAN

MILAN — Italiyaning shim. qismidagi shahar, Padana tekisligining markazida. Lombardiya viloyati va Milan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisining soni jihatidan (2001-y. da 1,8 mln. kishi) Rim sh. dan keyin 2-oʻrinda. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Kema qatnaydigan kanallar orqali Po daryosi bilan bogʻlangan. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega.

Milan — mamlakatning muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Iqtisodiy faol aholining yarmidan koʻprogʻi sanoatda ishlaydi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (motorsozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va b.) va metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, poligrafiya korxonalari bor. Italiyaning yirik nashriyotchilik markazi. Geografik jur. lar, xarita, atlas, yillik toʻplam va h. k. nashr qiladigan mashhur «Turing klub Italyano» M. da. Milanda bir qancha oliy oʻquv yurtlari, jumladan un-t, texnika in-ti, katolik, savdo un-tlari, konservatoriya, Nafis sanʼat akademiyasi va b. ilmiy muassasa, kutubxonalar, «La Skala» opera teatri va b. teatrlar, muzeylar, kartinalar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorlik juda koʻp: cherkov va soborlar, jamoat binolari saqlangan. Savdo unti, Milan koʻrgazma zali kabi zamonaviy binolar qurilgan.

Milanga mil. av. 4-a. da asos solingan. Mil. av. 196-y. dan Rim tarkibida (lotincha nomi Mediolanum). 11 — 12-a. larda hunarmandchilik va savdo markazi boʻlgan. 1535-y. da Ispaniyaga qoʻshib olingan. 1802-y. dan Italiya Respublikasining, 1805-y. dan Italiya qirolligining poytaxti. 1815—59 y. larda Avstriya tarkibida. 1861-y. da Italiya qirolligiga qoʻshilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x