MIKROOʻGʻITLAR

MIKROOʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar uchun zarur mikroelementlar (bor, mis, kobalt, rux, molibden, marganes va b.) boʻlgan oʻgʻitlar. Mikrooʻgʻitlar asosiy oʻgʻitlar (azotli, fosforli va kaliyli) b-n birga oʻsimliklarning so-gʻlom oʻsishi va hosildorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqsa oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mikroelementlar yetishmagan hollarda qoʻllaniladi. Bulardan tashqari, tarkibida bir necha mikroelementi boʻlgan polimikrooʻgʻitlar ham ishlatiladi. Bor, marganes, rux qoʻshilgan superfosfatlar, nitrofoskalar, molibden va bor qoʻshilgan fosforkaliyli oʻgʻitlar, bor, mis, rux va b. mikroelementlar qoʻshilgan har xil aralash oʻgʻitlar makro – va mikroelementlarning eng samarali aralashmasi hisoblanadi. Mikrooʻgʻitlar sugʻoriladigan zonalarda ekinlarga kam mikdorda: borli Mikrooʻgʻitlar gektariga 1 kg, molibdenli Mikrooʻgʻitlar 0,5 — 1 kg, misli Mikrooʻgʻitlar 1—2 kg, ruxli Mikrooʻgʻitlar 2 kg, marganesli Mikrooʻgʻitlar 4—6 kg taʼsir etuvchi modda hisobida solinadi. Mas, tuproqqa borli oʻgʻitlar solinganda 1 ga yerdagi qand lavlagi hosili 20—40 s, sebarga va beda urugʻi 0,5—1,0 s, zigʻir urugʻi va tolasi 1—2 s, beda pichani hosili 5—7s; marganesli oʻgʻitlar solinganda gʻalla, sabzavot hamda rezavor-mevali ekinlar hosili 10% oshadi. Mikrooʻgʻitlar tuproqqa ekishdan oldin solish, qoʻshimcha ozikdantirish (mikro-elementlarning 0,1—0,05% eritmasini purkash), urugʻlikka ekishdan oldin ishlov berish (urugʻlikni ularning 0,02—0,05% eritmalari bilan hoʻllash) usullarida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x