MIKROKLIN

MIKROKLIN (mikro… va yun. klino — egilaman) — dala shpatlari guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K[AlSi3O8]. Tarkibida bir oz kalsiy, bariy, temir, rubidiy, seziy aralashma holida boʻladi. Triklin sin-goniyali, prizmatik shakldagi kristallar hosil qiladi. Qoʻshaloklari polisintetik va toʻrsimon. Qattikligi 6 — 6,5. Zichligi 2540—2570 kg/m3. Rangi pushti, qoʻngʻirsariq, qizgʻish-oq, pushtiqizil, baʼzan oq, havorang-yashil (amazonit) tusda boʻladi. Shishadek, sadafsimon yaltiroq. Mikroklin togʻjinslari (granit, granodiorit, pegmatit, gneys va b.) tarkibiy qismlaridan biridir. Mikroklin shisha va keramika sanoati (chinni, fayans, texnik keramika i. ch.)da ishlatiladi. Amazonitdan ziynat toshlari sifatida foydalaniladi. Oʻzbekiston gʻarbidagi magmatik jinslar Chatqol-Qurama regionidan farkli koʻp darajada mikroklinizatsiya jarayoniga uchragan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x