MEZEN — Komi Respublikasi va RF Arxangelsk viloyatidagi dare. Uz. 966 km, havzasining mayd. 78 ming km2. Timan kryaji gʻarbiy yon bagʻridagi botqokliklardan boshlanib, Oq dengizning Mezen qoʻltiqchasiga quyiladi. Yomgʻir, qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 886 m3/sek. Qishda muzlaydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish yeridan 371 km (bahorda 650 km) masofada kema qatnaydi. Baliqovlanadi. Mezen boʻyida Mezen sh. joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые