MEGREL ECHKILARI

MEGREL ECHKILARI — suti uchun boqiladigan echki zoti. Vatani — Fapbiy Gruziya (Megreliya). Pasttekislik va togʻ Megrel echkilari mavjud. Pasttekislik Megrel echkilari maydaroq, gavda tuzilishi nozik, vazni 35—40 kg, lekin sersut, mavsumda (6—8 oy) 350—400 (baʼzilari 800 — 1000) kg sut beradi, sutining yogʻliligi 4—4,5%. Togʻ Megrel echkilarining gavda tuzilishi mustahkam, suyakdor, vazni 40—45 kg. Takalarining oʻrtacha vazni 55—65 kg. 100 ta ona echkidan 130—140 ta uloq olinadi. Megrel echkilarining rangi, asosan. oq va och kulrang, juni dagʻal, qisqa, tivitli, terisi yupqa, pishiq. Sutdor echki zotlarini yaratish va ularni ta-komillashtirishda Megrel echkilaridan foydalanish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x