MEYE

MEYE (Meillet) Antuan (1886.11.11, Mulen — 1936.21.9, Shatomeyan) — fransuz tilshunosi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1906), Parij lingvistik jamiyati kotibi (1906—36), Parijdagi Slavyanshunoslik i. t. in-ti tashkilotchisi va shu in-tning ilmiy jur. muharriri. Tilshunoslikda ijtimoiy yoʻnalishning asoschisi. Uning fikricha, til nutqiy faoliyatining ijtimoiy mahsuli, binobarin, til-shunoslikning asosiy vazifalaridan biri jamiyat qurilishidagi oʻzgarishlarning til qurilishidagi oʻzgarishlarda aks etishini oʻrganishdir; til ayrim shaxslarga qarashli boʻlishi barobarida, eng avvalo, ijtimoiy hodisa; turli mamlakatlar olimlarining hamkorligi tilshunoslikning taraqqiyotini belgilaydigan omillardan biri. Meyening «Jahon tillari» nomli asari eʼlon qilingan (M. Koen bilan hamkorlikda, 2nashri 1952-y. da). «Hindevropa tillarini qiyosiy oʻrganishga kirish» (1903), «Tarixiy tilshunoslikda qiyosiy metod» (1925), «German tillari guruhining asosiy xususiyatlari» (1925) kabi asarlari rus tilida chop etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x