MEXANOTRON

MEXANOTRON (lot. mehaniros – mexanik va elektron) — mexanik kattaliklarni elektr kattaliklarga aylantirib beradigan elektr vakuum asbob; unda elektron yoki ion toki kuchini boshqarish uchun elektrodlarini bevosita siljitish usulidan foydalaniladi. Bir yoki bir necha qoʻzgʻaluvchan elektrod (mas, anod) ni qoʻzgʻalmas katodga nisbatan siljitilsa, elektrodlar orasida elektr maydon qiymati va shakli, yaʼni anod toki kuchi oʻzgaradi. Mexanotronning 2 (diod), 3 (triod) yoki 4 (tetrod) elektrodli xillari bor. M. sezgirligi (tok boʻyicha diodli Mexanotron larda 7 a/sm gacha, kuchlanish boʻyicha triodli Mexanotron larda 25 kV/sm gacha), oddiyligi, yengilligi va ixchamligi bilan boshqa datchiklardan ustun turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x