METILBROMID

METILBROMID, brommetil (SN3Vg) — fumigant. Bir oz hidli, rangsiz yoki sargʻimtir suyuklik; taʼsir qiluvchi moddasi — 98,5%. Juda uchuvchan va kuchli bugʻlanish xususiyatiga ega. Metilbromiddan oziq-ovqat va yem uchun moʻljallangan don omborlarini zararsizlantirishda, hasharot va kanalarga qarshi, koʻchatlar, kema tryumlari hamda temir yoʻl vagonlaridagi karantin obyektlarga qarshi, shuningdek, yangi kuritilgan meva va sabzavotlarga ishlov berishda foydalaniladi. Omborlarni fumigatsiya qilish uchun sarf normasi — 25—35 g/m3; dimlash muddati (ekspozitsiya) — 1—2 sutka; karantin obyektlarga qarshi sarf normasi —30—100 g/ m3. Zahari kuchli. Kalamushlarda nafas yoʻllari orqali OʻD50 2,3 mg/l. M. bilan ishlaganda protivogaz kiyish shart.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x