METIL SPIRT

METIL SPIRT (metanol , karbinol, yogoch spirti) , SN3ON — rangsiz, suv b-n yaxshi aralashadigan suyukdik, eng oddiy bir atomli spirt, etil spirtinikiga oʻxshash hidi bor. Mol. m. 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20°da), qaynash t-rasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid b-n aze-otrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar bilan metilitlar, kislotalar b-n efirlar hosil qiladi. 500—600°da kumush, mis yoki baʼzi metallar oksidlari ishtirokida havo kislorodi bilan formaldegidgacha oksidlanadi, uglerod (P)-oksid va vodorod aralashmasi b-n etanol yoki boshqa spirtlarga aylanadi. Metil spirt sanoat miqyosida tabiiy gaz va neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilaridan olinadi.

Metil spirt formaldegid i. ch. da asosiy xom ashyodir. Erituvchi sifatida benzinga qoʻshiladi. Metilmetakrilat, metilaminlar, dimetiltereftalat, metilformiat, metilxlorid, sirka kislota, doridarmon tayyorlash va b. sohalarda keng foydalaniladi. Juda zaharli. Ichilganda, bugʻlaridan nafas olganda organizmni zaharlaydi, koʻzni koʻr qiladi. Shuning uchun Metil spirt olinadigan yoki ishlatiladigan joyda ishlovchi ishchilarni vaqt-vaqt bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x