METERLINK

METERLINK (Maeterlinck) Moris (1862.29.8, Gent – 1949.5.5, Nissa, Fransiya) — belgiyalik shoir, dramaturg, faylasuf. Absurd teatrning asoschilaridan biri. Fransuz tilida ijod qilgan. 1896-y. dan Fransiyada yashagan. Ijodini ocherknavis, tanqidchi va shoir sifatida boshlagan. Uning ramzli sheʼriyatida naturalizmniig sof moddiy qiziqishlariga qarshi norozilik kayfiyatlari aks etgan. «Issiqxonalar» (1889), «Oʻn ikki qoʻshiq» (1896) kabi sheʼriy toʻplamlari simvolistik ruada. «Malika Malen» (1889), «Koʻrlar» (1890), «Yetti malika» (1891), «Peleas va Melisanda» (1892), «Rohiba Beatrisa» (1900), «Vanna xonim» (1902), «Humo» (ertak-drama, 1905), «Koʻk qush» (1908) va b. dramalari insonga, uning ochlik, qash-shoklik, urushga qarshi kurashda mu-vaffaqiyatiga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. Meterlink «Bolarilar hayoti» (1901), «Gullar akli» (1907), «Chumolilar hayoti» (1903) kabi falsafiy asarlarida inson hayotining maʼnaviy, axloqiy muammolarini tilga olgan. «Termitlar hayoti» (1926) asarida timsollar vositasida kommunizm va totalitarizm satira qilingan. Meterlink 2-jahon urushi davrida Amerikada yashagan va «Shodon xotiralar» (1948) kitobini yozgan. Nobel mukofoti laureati (1911).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x