METCHIK — teshiklarda vintsimon rezba (ariqcha) ochish (qirqish) uchun moʻljallangan metall qirqish asbobi. Metchikning bir uchi kesuvchi tigʻlari (qirralari) boʻlgan silindrik valikdan, ikkinchi uchi stanok patroniga yoki qisqichga mahkamlashga moʻljallangan quyruqdan iborat.
Asosiy xillari: dastaki Metchik (qoʻlda rezba ochish uchun); gayka M. gi (ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); mashina M. gi (parmalash stanoklarida, avtomat va maxsus agregat stanoklarida, asosan, bir tomoni berk teshiklarda rezba ochish uchun); stanok Metchik gi (gayka qirqish stanoklarida ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); avtomat Metchik (gayka qirqish stanoklarida rezba ochish uchun) va b. Ular legirlangan asbobsozlik poʻlati va tezkesar poʻlatdan yasaladi.