METAN

METAN (kon gazi, botqoq gazi) , SN4 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. Metan — toʻyingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili boʻlib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va b.)ga kirishadi.

Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil boʻladi. Saturn, Yupiter va uning yoʻldoshi boʻlgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. Metan sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past t-rali distilyatsiyalash yoʻli b-n ajratib olinadi. Lab. da atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilgʻi, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va b. mahsulotlar i. ch. da qoʻllanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, kumir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x