METAMORFOGEN KONLAR

METAMORFOGEN KONLAR — togʻ jinslari metamorfizmi jarayonida yuqori bosim va t-ra sharoitida Yer poʻstining chuqur qismida hosil boʻlgan foydali qazilma konlari. Metamorfogen konlar metomorfozlashgan va metamorfik konlar guruhlariga boʻlinadi. Metamorfogen konlarning mineral tarkibi ruda saklovchi jinslarning metamorfik fatsiyalariga xos. Metamorfogen konlar oʻzining paydo boʻlgan davridagi koʻrinishini butunlay oʻzgartirib, boshqa turdagi foydali qazilmaga aylanadi. Mas, torf metamorfik jarayon taʼsirida past navli toshkoʻmir va antra-sitga, oxirida esa grafit va olmosga, ohaktosh marmarga, gilli slaneslarga, boksitlar va b. xil tuprokli togʻ jinslari oʻtga chidamli xom ashyoga, qimmatbaho toshlar (korund, laʼl, diaspor, pirofilit, sillimanit, kianit)ga aylanadi.

Metamorfogen konlarni urganish natijasida olmos, laʼl, zumrad, billur va b. qimmatbaho toshlar konini topish imkoni yaratildi. Oʻzbekistonda Gʻozgʻon marmar koni, Toshqazigan grafit koni, Angren, Shargʻun kumir konlari, Sharaqsoy korund koni M. k. jumlasiga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x