METAFIZIKA

METAFIZIKA (yun. meta ta physika — fizikadan soʻng) — borliqning sezgilardan yuqori turuvchi pritsiplari va umumiy asoslari toʻgʻrisidagi fan. Fizikada tadqiqotchi bevosita hissiy obyektlar ustida izlanish olib borsa, Metafizikada esa tadqiqotchi sezgilar vositasida anglab olish mumkin boʻlmagan obyektlarni tadqiq etadi. Metafizikaning tadqiqot mavzuiga kiruvchi sifat, maz-mun, mohiyat, hodisa va b. obyektlar toʻgʻrisida fikr yuritganda ularni bevosita koʻrib boʻlmaydi, ular boshqa narsa va hodisalarning oʻzaro aloqadorliklari jarayonida namoyon boʻladi. Shu jihatdan tarixan Metafizika atamasi, koʻpincha, falsafa atamasining sinonimi sifatida ishlatilgan.

Metafizika atamasining paydo boʻlishi Aristotelttt «Metafizika» nomli asari b-n bogʻliqligi haqidagi fikr falsafiy adabiyotlarda keng tarqalgan. Ammo Metafizika atamasini Platon asarlarida mustaqil bilish metodi sifatida uchratish mumkin. Aristotelning «birinchi falsafa»ga oid tabiiy-ilmiy masalalarni qamrab olgan maʼruza va asarlarini Andronik Rodosskiy toʻplab, uni «Metafizika» deb nomladi. U 14 kitobdan iborat toʻplamdir. Aristotel tuzgan fanlar tasnifida oʻzining ahamiyati, qadrqimmati jihatdan birinchi oʻrinni borliq haqidagi fan egallaydi. Aristotel uni «birinchi falsafa» yoki teologiya (xudo haqidagi taʼlimot) deb ataydi. Bu falsafa «ikkinchi falsafa» (yaʼni fizika)dan shu bilan farq qiladiki, fizikada bevosita sezgilar orqali seziladigan aniq obyektlar tadqiq qilinsa, «birinchi falsafa»da borliqning materiya va shaklning aniq bogʻlanishiga bogʻliq boʻlmagan jihati, asl ildizi tadqiq qilinadi. Aristotel fikricha, Metafizika insonning subyektivligi bilan ham, inson faoliyati bilan ham bogʻlanmagan boʻlib, u fanlarning ichida eng qimmatlisi, inson hayotining vositasi, quvonchining manbaidir.

Antik davr M. sini Metafizikaning asl namunasi deyish mumkin. Davrlar utishi b-n M. ga munosabat oʻzgardi. Oʻrta asrlarda Metafizikaga yuksak akdiy bilimni eʼtirof etgan holda borliqni akdiy bilishning oliy shakli deb qaralgan. Sxolastika namoyandalari esa Metafizikaga xudoni bilishga imkon beruvchi bilim sifatida qarashgan. Oʻrta asrlarda haqiqatan ham Metafizika falsafiy tushunchalarning rivojlanishiga, falsafa fanining takomillashuviga sababchi boʻldi. Shu davrlarda olimlar erkinlik va zaruriyat, tasodif va qonuniyat tushunchalarining mazmuniga aniklik kiritishdi. Metafizika olamning yaxlit manzarasini yaratishga turtki berdi. Metafizika har qanday taʼlimning, xususan, didakti-kyning magʻzini tashkil etuvchi metod boʻlib xizmat qildi, falsafaning tushunchalarini boyitdi. Yangi davrga kelib, Metafizika tabiatshunoslikning bagʻriga singib ketdi.

Bu fanlardagi bilish (gnoseologik) muammolarni tadqiq etishdan borliqning mohiyatini tadqiq etuvchi ontologik muammolarni tahlil etishgacha Metafizika asosiy falsafiy yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qiladi. Ammo u bir tomondan, oʻrta asrlardagi diniy sxolastika namoyandalarining deistik, panteistik tanqidlariga, ikkinchi tomondan, keyingi davrlarda skeptitsizm, sensualizm, mexanitsizm vakillarining shafqatsiz tanqidiga uchraydi. Nemis mumtoz falsafasi vakillari ham Metafizikani tadqiqot obyekti va predmetiga ega boʻlmagan fan sifatida, dogmatizmda ayblashdi. Gegel M. ni dialektikata qarama-qarshi turuvchi metod deb taʼrifladi. Marksizm klassiklari esa Metafizikani rivojlanishga qarama-qarshi, antidialektik metod deb tanqid qilishdi.

Metafizika tushunchasi Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining taʼlimotida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Sino taʼrifiga koʻra, Metafizika borliq toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning fikricha, Metafizika borliqning 4 turini oʻrganadi:

1) jismoniy (moddiy) likka ega boʻlmagan obyektlar — ilo-hiy mavjudotlar va Allohni;

2) ilo-hiyligi kamroq boʻlgan, materiyaga qandaydir aloqasi bor obyektlar (osmon jismlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar)ni; 3) obyektlarning moddiylik bilan birlashishini, baʼzi hollarda esa ulardan erkin holda mavjud (substansiya, xususiyat, zaruriyat, im-koniyat) boʻlishini;

4) moddiy obyektlar va tushunchalar materiya b-n doimo bogʻliklikda boʻlgan jism tabiatiga ega ekanligini.

Hoz. zamonda Metafizika xilma-xil talqin etilishiga qaramasdan, Metafizikani inson borligʻining eng umumiy asoslarini oʻrganuvchi falsafiy taʼlimot deyish mumkin. Shunday qilib, Metafizika voqelikka yondashish, uni oʻrganish uslubi, metodidir. Voqelikni faqat toʻxtovsiz oʻzgarish, rivojlanish jarayonida tadqiq etib boʻlmaydi. Shu sababli voqelikning muayyan qirrasi, tomoni, holati, jihatini voqelikdan ajratib oʻrganishda, uni mavhumlashtirish, umumlashtirish, ideallashtirishda Metafizikaning tadqiqot metodi fanda kerak boʻladi. Hoz. zamon falsafasida ham Metafizikaga ikkiyoqlama munosabat mavjud. Metafizikani ratsionalizm nuqtayi nazaridan yoklovchilar ham, uni mavhum ontologizmni ifodalovchi quruq falsafabozlik deb qarovchilar ham topiladi. Umuman olganda, Metafizika olamga yondashishning bir falsafiy usulidir. Uni biryoklama inkor etish ham, mutlaklashtirish ham toʻgʻri emas. Metafizika bilish metodi, voqelikni anglashda metodologik moʻljal boʻlishi mumkin. Bu metoddan boshqa metodlar bilan umumiy birlikda foydalanish maqsadga muvofikdir.

Baxtiyor Toʻrayev, Mahbuba Abdumayeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x