MESSIYA

MESSIYA (qad. yahudiycha mashiax — xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz shaxs, paygʻambar, maxdiy) — koʻp dinlar (iudaizm, xristianlik, islom va b.) da xudo tomonidan tanlab olinib vakil qilingan, yerda zulmni yoʻq qilib, adolat oʻrnatish uchun yuboriladigan xaloskor. Messiya toʻgʻrisidagi tasav-vurlar yaxudiy podsholigining tugatilishi (mil. av. 586—538) davrida yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Yahudiylarda Messiya, bir tomondan, «qonunga xilof ishlarga barham beruvchi va adolat oʻrnatuvchi jahongir pod-sho» deb, ikkinchi tomondan, «tiriklar va oʻliklarning ilohiy hakami» sifatida talqin qilingan. Xristianlar esa Messiyani xudo farzandi, «xaloskor» deb hisoblaganlar (q. Iso). Islomda Messiya mahdiy haqidagi taʼlimot shaklida tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x