MESSIAN

MESSIAN Olivye Ejen Prosper Sharl (1908.10.12, Avinyon – 1998, Parij) — fransuz kompozitori, organchi va pedagog, 20-a. klassik musiqasi namoyandalaridan. Parij konservatoriyasini tugatgan (1930). Ayni shu yerda va b. oʻquv yurtlarida dare bergan: shogirdlari orasida P. Bulez, K. Shtokxauzen, Ya. Ksenakis kabi 20-a. musiqasining yirik namoyandalari mavjud. 1936-y. da «Yosh Fransiya» kom-pozitorlar guruhini tashkil etgan. Messian butkul ijodiy yoʻli jarayonida diniy qadriyatlar (fortepiano uchun «Chakaloq Iso qiyofasiga 20 nigoq», 1944; xor va orkestr uchun «Kichik liturgiyalar», 1944; Messa, 1950 va b.), hind mumtoz (raga) musiqasi («Turantalila» simfoniyasi, 1948; fortepiano uchun «4 ritmik etyud»lari, 1950 va b.), dunyo qushlari ovozlarini (orkestr uchun «Qushlar uygʻonishi», 1953; fortepiano uchun «Qushlar katalogi», 1959 va b.) oʻziga asos etib tanladi. Musika nazariyasiga doyr dareliklar, «Mening musiqiy tilim texnikasi» kitobi muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x