MESSA

MESSA (frans. messa, mitto — yuboryapman) —1) katolik xristianlarda asosiy ibodatlardan biri (liturgiya) ning nomi. Xristianlarning eʼtikrdiga koʻra, Messa jarayonida ibodat qiluvchilar Iso Masihga qoʻshilish orqali oʻz gunoxlaridan xalos boʻladilar. Injil parchalarini oʻqish, diniy aytimlarni kuylash hamda Iso Masihni hayoti va oʻlimini ifodalovchi maxsus harakatlardan iborat. Messani oʻtkazish tartibi va tarkibi koʻp asrlar davomida shakllanib, 16-a. da hozirgi koʻrinishga ega boʻldi;

2) Uygʻonish davridan boshlab Yevropa madaniyatida eng yirik diniy musщa janri, lotin matnlariga aytiladigan vokal yoki vokal-cholgʻu turkumi. «Oddiy» (missa ordi-narium), «tantanavor» (missa solemnis) hamda «qisqa» (missa brevis) turlari mavjud. «Oddiy» M. da asosiy qismlarning nomlari — «Kyrie eleison» («Xudo oʻzing kechirgin»), «Gloria» («Shon-sharaflar boʻlsin»), «Gredo» («Ishonaman»), «Sanktus» («Muqaddas») va «Benedictus» («Marhamatli»), «Agnus Dei» («Xudo arzandasi») — matnning boshlangʻich soʻzlaridan olingan. Dastlab bir ovozli, grigorian xoraln asosidagi aytimlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik, kompozitorlar yaratgan koʻp ovozli Messalar rivoj topgan (ilk namunalaridan biri — G. de Mashoning toʻrt ovozli Messasi, 1364). O. Lasso, Palestrina, keyingi davrda I. S. Bax, V. Motsart, L. Betxoven, F. Shubert, A. Brukner, 20-a. da I. Stravinskiy, B. Britten, B. Martinu, F. Pulenk, K. Pendereskiylar va b. ning Messa lari mashhur. Motam Messasi — rekviyemdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x