MEROVINGLAR

MEROVINGLAR (lot. Merovinqi) – Frank davlatiyaagch 1qirollik sulolasi (751-y. tugagan). Afsonaviy asoschisi — Merovey (sulola nomi shundan). Merovinglar xukmronligi davrida franklarda feodal munosabatlari vujudga kelgan. Merovinglarning asosiy vakillari: Xilderik I (457— 481), sulolaning amaldagi, haqiqiy asoschisi; Xlodvig I (481-511), Xilperik I (561-584, markazi Suasson boʻlgan franklar yerining bir qismida hukm surgan); Sigebert I (561—575, Avstraziyada); Xlotar II (584—629, Neystriyada —613-y. gacha); Dagobert I (629—639); Xilderik III (743—751; Pipin Lakana tomonidan taxti egallangan). Dagobert I vorislarini «dangasa qirollar» deyishgan, hokimiyat amalda mayordomlar qoʻlida boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x