Meropenemс рецептом

Meropenem penitsillinlarni bog‘lovchi oqsillar (RVR) bilan bog‘lanish yo‘li orqali grammusbat va grammanfiy bakteriya xujayralarining devori sintezini ingibitsiya qilish yo‘li orqali bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalari kabi meropenemning kontentratsiyasi minimal ingibitsiya qiluvchi kontentratsiyalar (MIK) dan yuqori bo‘lgandagi vaqt ko‘rsatkichi (T>MIK), samaradorlik bilan yuqori korrelyatsiyani namoyish qilgan.

Klinika oldi modellarida meropenem qon plazmasidagi infektion mikroorganizmlar uchun MIK dan taxminan 40% yuqori dozalar intervalidagi kontentratsiyalarda faollikni namoyish qilgan.

Bu maqsadli ko‘rsatkich klinik jihatdan aniqlanmagan.

Meropenemga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:

grammanfiy bakteriyaning tashqi membranasining o‘tkazuvchanligi pasayishi (porinlarni ishlab chiqarishni pasayishi oqibatida);
maqsadli RVR bilan yaqinligi tufayli;
efflyuks nasos komponentlarining ekspressiyasini oshishi;
karbapenemlarni gidrolizga uchratuvchi beta-laktamazalarni ishlab chiqarilishi.
Yevropa Ittifoqida karbapenemlarga chidamli bakteriyalar chaqirgan infektion kasalliklar qayd etilgan.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetratsiklinlar sinfiga mansub dori vositalari bilan maqsadli mikroorganizmlarni hisobi bilan kesishgan rezistentlik mavjud emas.

Shunga qaramasdan, agar rezistentlik mexanizmi xujayra membranasini o‘tkazmasligi va/yoki efflyuks nasos(lar) ni o‘zi ichiga oladigan bo‘lsa, bakteriyalar antibakterial vositalarning bittadan ortiq sinfiga rezistentlik namoyish qilishi mumkin.

Mikroblarga qarshi sezgirlikni aniqlash yuzasidan Yevropa qo‘mitasi (EUCAST) tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda aniqlangan MIK ning chegaraviy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Mikroorganizm Sezgir (S), (mg/l) Rezistent (R), (mg/l)
Enterobacteriaceae ≤ 2 > 8
Pseudomonas ≤ 2 > 8
Acinetobacter ≤ 2 > 8
Streptococcus A, B, C, G guruhi ≤ 2 > 2
Streptococcus pneumoniaye1 ≤ 2 > 2
Boshqa streptokokklar 2 2
Enterococcus – –
Staphylococcus2 3 ga qarang 3 ga qarang
Haemophilus influenzae1, Moraxella catarrhalis ≤ 2 > 2
Neisseria meningitidis2,4 ≤ 0,25 > 0,25
Grammusbat anaeroblar ≤ 2 > 8
Grammanfiy anaeroblar ≤ 2 > 8
Mikroorganizmlarning turi bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar5 ≤ 2 > 8
1 meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichlari 0,25/l mg/l ni tashkil etadi.

2 MIK ko‘rsatkichi sezgirlik bo‘sag‘asidan yuqori bo‘lgan mikroorganizmlar shtammlari kam hollarda kuzatiladi va hozirgi vaqtda aniqlanmaydi.

Har qanday shunday izolyatni identifikatsiya qilish va unga nisbatan mikroblarga qarshi sezgirlik yuzasidan tahlillarni takrorlash kerak va agar natija tasdiqlansa, izolyat tekshiruv laboratoriyasiga yuboriladi.

MIK ko‘rsatkichlari rezistentlikning tegishli chegaraviy ko‘rsatkichlaridan (kursiv bilan ajratilgan) yuqori bo‘lgan verifikatsiya qilingan izolyatlar uchun klinik javob haqidagi ma’lumotlar bo‘lganda, izolyatlar chidamli sifatida qayd etilishi kerak.

3 Stafilokokklarning meropenemga sezgirligi metitsillinga sezgirgik yuzasidan ma’lumotlar asosida prognoz qilinadi.

4 Neisseria meningitidis uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichi faqat meningitga tegishli.

5 mikroorganizmlarning turlari bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar FK/FD ma’lumotlari asosida aniqlangan va alohida turlarning MIK taqsimlanishiga bog‘liq emas.

Ular jadvalda va ilovalarda ko‘rsatilmagan turlar yuzasidan qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

“–” sezgirlikni aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki ushbu tur meropenem uchun optimal nishon bo‘lib hisoblanmaydi.

Orttirilgan rezistentlikni tarqalishi ayrim turlar uchun geografik va vaqt jig‘atidan o‘zgarishi mumkin, shuning uchun ayniqsa og‘ir infektiyalarni davolaganda mikroorganizmlarning rezistentligi haqidagi mahalliy ma’lumotga tayanish kerak.

Mahalliy darajada mikroorganizmlarning rezistentligini tarqalganlik darajasi dori vositasini qo‘llashdan foyda kamida infektiyalarning ayrim turlariga nisbatan shubhali darajada bo‘lgan hollarda, mutaxassisga murojaat etish kerak.

Navbatdagi jadvalda patogen mikroorganizmlar klinik tajriba va kasalliklarni davolashning klinik protokollaridan kelib chiqqan holda sanab o‘tilgan.

Odatdagi sezgir turlari:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis6, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir)7, Staphylococcus species (metitsillinga sezgir), shu jumladan Staphylococcus epidermidis, Streptococcus agalactiae (B guruhi), Streptococcus milleri (S.

anginosus, S.

constellatus, S.

intermedius), Streptococcus pneumoniaye, Streptococcus pyogenes (A guruhi).

Grammanfiy aeroblar: Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzaye, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniaye, Morganella morganii, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharolyticus, Peptostreptococcus species (shu jumladan P.

micros, P.

anaerobius, P.

magnus).

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis guruhi, Prevotella bivia, Prevotella disiens.

Orttirilgan rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium6,8.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter species, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.

Tabiiy rezistent mikroorganizmlar:

Grammanfiy aeroblar: Stenotrophomonas maltophilia, Legionella species.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniaye, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniaye.

6 tabiiy oralik sezgirlik aniqlangan turlar.

7 Barcha metitsillinga rezistent stafilokokklar meropenemga chidamli.

8 YEI ning bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik ko‘rsatkichi >50%.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x