MENZULA SYOMKASI

MENZULA SYOMKASItopografik syomka turlaridan biri; menzula va kipregel yordamida bajarilib bevosita dalada chizib boriladi. Buning uchun dastlab sifatli chizma qogʻozga syomka asosi nuqtalarining koordinatalari boʻyicha tushirilib, qogʻoz menzula taxtasiga mahkamlanadi. Keyin joyda bu nuqtalarda menzula ketma-ket oʻrnatilib, joy tafeilotlari va relyefi syomka qilinadi. Planga tushiriladigan nuqtalar (obyektlar) gacha masofa va nisbiy balandliklar kipregel bilan oʻlchab aniqpanadi. Ular syomka masshtabida qogʻozga (planga) oʻlchab tushiriladi. Shu joyni oʻzida relyef ham gorizontallar b-n tasvirlab boriladi. Menzula syomkasi natijasi boʻlib maxsus shartli belgilar asosida qalamda chizilgan topografik planni asli xizmat qiladi. Menzula syomkasi kichik maydonlarning yirik masshtabdagi syomkasini bajarishda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x