MENDELEVIY

MENDELEVIY (Mendelevium), Md davriy sistemaning III guruhiga mansub sunʼiy radioaktiv kimyoviy element; aktinoidlarta kiradi. Tartib raqami 101. Barqaror izotoplari yoʻq. Massa soni 247— 252, 254—260 boʻlgan 13 ta izotopi maʼlum. Oksidlanish darajasi +1, +2, +3 (eng barkaror); ion radiusi Md3+ boʻyicha 0,0934 nm. A. Gi-orso, G. Siborg va b. amerikalik olimlar 1955-y. da eynshteyniy 253Es ni os zarralar bilan nurlantirish natijasida ilk bor M. ning dastlabki atomlarini (hammasi boʻlib 17 atom mikdorda) ajratib olganlar. Mendeleviyning eng uzoq mavjud boʻluvchi izotopi 258Md 1967-y. da AQSHda olingan. D. I. Mendeleyev sharafiga atalgan. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotoplari: 25SMd (T1/2=56 sutka, a-nurlanuvchi), 26OMd (T1/2=32 sutka), 257Md [T1/2=5,0 soat, elektron ushlashi (90%), a – nurlanuvchi (10%)] va 256Md [T =75 min, elektron ushlashi (90%), a-nurlanuvchi (10%)].

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x