MEMBRANOFONLAR

MEMBRANOFONLAR (lot. membrana — yupqa pust, parda va fon) — musiqa cholgʻulari turi; tovush manbai sifatida doirasimon asosga qoplangan hayvon (buzoq, echki va b.) terisi yoki (baliq) pufagi, shuningdek, sunʼiy (sintetik) pust ishlatiladi. Anik, balandlikka ega boʻlmagan tovushlar, asosan, pardani koʻl, barmoklar yoki maxsus tayoqchalar bilan urish natijasida yoki uni ishqalanish jarayonida chiqadi. Shuning uchun Membranofonlarni baʼzida urma musiqa cholgʻulari ham deyishadi. Membranofonlarda koʻproq turli usullar, darak beruvchi ritmik iboralar chalinadi. Membranofonlar turli shakl va koʻrinishlarga ega boʻlib (oddiylardan — buben, baraban, murakkab tuzilishdagi cholgʻulardan — litavra va b.), ayniqsa, Sharq madaniyatida keng rivoj topdi (doyra, dovul, nogʻora, tabla, chindovul va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x