MEMBRANA

MEMBRANA (lot. membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk kontur (perimetr) boʻylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan plastinka. Turlicha bosimli ikki boʻshliqni yoki ayrim boʻshliq (hajm)ni umumiy boʻshliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bosim oʻzgarishlarini chiziqli siljishlarga va, aksincha, aylantirish uchun moʻljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato va b.) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparatlarning tarkibiy qismi. U manometrlarsa sezgir element, nasos larda zichlash qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va b. asboblarda ham qoʻllanadi;

2) elastiklik nazariyasida — kontur boʻylab mahkamlangan egiluvchan yupqa plastinka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi. Osma tizimlarda koʻtaruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas, undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. Membrana choʻzilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga qarab hisobga olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x