MELODRAMA

MELODRAMA (yun. melos — qoʻshiq, kuy va drama) — musiqiysahnaviy janr. 18-a. da Yevropa sanʼatida rivoj topgan. Qahramonlarning monolog va dialoglarm musiqa joʻrligida ijro etilganligi b-n ajralib turadi. Ilk namunasini J. J. Russo (1762, «Pigmalion» lirik sahnalari) yaratgan. Maʼrifatchilik davri gʻoyalariga asoslangan Melodramaga sahna rivojiga monand boʻlgan musiqaning jonli va tabiiy ifodaviyligiga intilish xosdir. 19-a. da Melodrama janri tamoyillari dramatik asarlarga yaratilgan musiqa (R. Shumanning «Manfred», J. Bizening «Arlezianka», J. Grigning «Per Gyunt» va b.)da oʻz rivojini topadi. 20-a. da shakllangan oʻzbek musiqali dramasitsa, N. Zokirovning «Soxilda toʻqnashuv», Hab. Rahimovning «Ona qalbi» kamer operalarida ham Melodrama elementlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x