MELIZMLAR

MELIZMLAR (yun. melisma — qoʻshiq, kuy) , ornamentika, musiqa bezaklari — vokal va cholgʻu musikada muayyan shaklga ega (mas, trel, forshlag, girift, kashish va b.) yoki erkin tarzda ijro etiladigan (passaj, fioritura, qochirim, pola, molish) barcha ohang bezaklari, kuyning asosiy pogʻonalarini oʻzgartiradigan qoʻshimcha tovushlar. Melizmlar kuy ohangdorligini, taʼsirchanligini oshiruvchi, kuproq lirik mazmunni boyituvchi vositalar sifatida musiqa sanʼatiga keng joriy etilmoqda. Melizmlar xalq musiqa ijodiyoti va ijrochiligi, xususan, badiha sanʼati, bastakorlik x. amda kompozitorlik ijodiyotida uzok, oʻtmishdan davom etib kelayotgan anʼanalarning mahsulidir. Melizmlarga oid maʼlumotlar Oʻrta asr Sharq musiqa risolalarida oʻz aksini topgan: Mahmud ash-Sheroziy (13-a.) sozlarda ijro etish uslublari borasida fikr yuritib, sozandalar kuylarni bezaklar bilan boyitishi lozimligini taʼkidlagan, Jomiy esa kuy bezaklarida malaka hosil qilish ijrochining oʻziga bogʻlikligini uqtirgan va oʻz zamonasi amaliyotidan misollar keltirgan.

Har bir xalq musiqasidagi Melizmlar oʻziga xos koʻrinishlarga ega. Oʻzbek milliy ijrochiligida krchirim, nola, molish, xonish, kashish kabi Melizmlar mavjud. Ulardan torli (tanbur, dutor, gʻijjak, sato kabi) va puflama (nay, surnay, qoʻshnay, boʻlamon) musiqa cholgʻulari va, ayniqsa, xonandalikda keng foydalaniladi.

Melizmlarning nota belgilari 15—16-a. larda Germaniyada paydo boʻlib, Yevropada, ayniqsa, 17—18-a. lar (Fransiya, Angliya va b.)da keng rivoj topdi va oʻzining muayyan shakllariga ega boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x