MEKSIKANLAR

MEKSIKANLAR (oʻzlarini – mexikano deb atashadi) — xalq, Meksikaning asosiy aholisi. Umumiy soni 91 mln. kishidan ortiq. Shundan 78 mln. kishi Meksikada yashaydi (1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, AQSH (13 mln. kishi)da, Kanada (30 ming kishi) va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida hamda Ispaniyada yashaydilar. Asosan, metislar. Ular ispan bosqinchilari (16-a.), kuchib kelgan ispanlar bilan tub joy indeys (asteklar, mayya, otomi, mishteklar, sapoteklar) va qora tanli aholi bilan aralashib ketishidan tashkil topgan. 19-a. ga kelib metislar Meksika millatining negizini tashkil qilgan. Meksikanlar ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — aksariyati, katoliklar, qolgani — asosan, protestantlar (baptistlar). Meksikanlar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi, koʻp qismi sanoatda band.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x