MEKLENBURG-OLD POMERANIYA

MEKLENBURG-OLD POMERANIYAGermaniya yeri. Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Mayd. 23,2 mingkm2. Maʼmuriy markazi — Shverin sh. Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). M.O. P. da aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va oʻrmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Koʻl koʻp bulgani uchun «Ming kullar yeri» deb ataladi. Eng yirigi — Myuris koʻli (mayd. 117 km2). M.-O. P. da 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qoʻriqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bogʻ bor. Old Pomeraniya uzok, vakt Shvetsiya hukmronligi ostida boʻlgan, keyinroq Prussiya tarkibiga oʻtgan. Meklenburg Germaniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. M.-O. P. yeri 2-jahon urushidan soʻng sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990-y. da yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

M.-O. P. xoʻjaligida q. x. yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilboʻyida sharqiy r-nlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln. dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x