MEHROB

MEHROB (arab. — harb joyi; bu yerda namoz paytida shayton bilan imom oʻrtasidagi urush joyi maʼnosida) — masjidning Makka (Kaba)ga qarata yoʻnaltirib devor ichiga ishlangan ravoq shaklli joy, sajdagoh. Mehrob yarim aylana, koʻp qirrali, toʻgʻri toʻrtburchak shaklda ishlanib, tepasi ravoq yoki yarim aylana shaklida bezaladi, atrofi hoshiyalangan boʻladi. Ayrim Mehroblar yogʻoch, ganch, naqshinkor marmar va koshinlar b-n qoplangan, badiiy bezakli ustunlar va ravokdi hoshiyalar bilan bezatilgan. Mehrob islom dinining dastlabki davrlaridan mavjud. Namoz vaqtida imom M. ga oʻtib, kiblaga yuzlanadi va uning orqasidan jamoa boʻlib namoz oʻqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x