MEʼDANI YUVISH

MEʼDANI YUVISH — turli moddalardan zaharlanganda, sifatsiz ovqat yeb qoʻyganda, shu moddalar yoki ovqat qoldiklarini meʼdadan chiqarib tashlash maqsadida qoʻllanilgan muolaja. Bemorning ahvoliga qarab u oʻtirgan yoki yotgan holatida qilinadi. Meʼda zond b-n yoki oddiy usulda yuviladi. Zond orqali yuvganda 600—800 ml iliq suvga 2% li natriy gidrokarbonat yoki kaliy permanganat eritmasi qoʻshib meʼdaga yuboriladi va qayta soʻrib olinadi. Meʼdaga yuboriladigan suv toza boʻlib qaytib tushmagunicha Meʼdani yuvish takrorlanaveradi. Buning uchun 8—10 l cha suyuqlik ishlatiladi. Muolajani tibbiyot xodimi bajaradi. Uy sharoitida (hayot uchun xavfli zaharlanish hollari roʻy berganida, vrach yetib kelgunga qadar) yoki zond b-n yuvish mumkin boʻlmaganda oddiy usul qoʻllanadi. Buning uchun bemorga ketma-ket 5—6 stakan iliq suv ichirib qustiriladi. Bu oddiy usulni bir necha marta takrorlash lozim. Meʼda yuvib boʻlingach, bemor issiq oʻringa yotqizilib, orom beriladi; ogʻzini chayganidan soʻng 1—2 qultum issiq choy ichiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x