MBABANE

MBABANESvazilend poytaxti. Xoxo okrugi ning maʼmuriy markazi. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Ndimba togʻlari etagida, 1150 m balandlikda joylashgan. Aholisi 40 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Iyulning oʻrtacha t-rasi 12°, yanv. niki 24°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1400 mm. Avtomobil yoʻli orqali Maputu (Mozambik) porti bilan boglangan. Metallsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. Mbabane yaqinidan asbest qazib olinadi. Un-t, kutubxona bor. Shaharga 17-a. ning oxiri — 18-a. ning boshlarida asos solingan. 1903—68 y. lar Svazilend Britaniya protektoratining maʼmuriy markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x