MAZURKA (polyakcha mazur — Mazoviyada yashovchi soʻzidan) — polyak xalq raqsi. Surʼati tez, musiqa oʻlchovi 3/4 yoki 3/8; ritmikasi 2-, baʼzida 3 – hissaga tushadigan urgu bilan ajralib turadi. Xalq Mazurka lariga xos joʻshqinlik, dilkashlik va dovyuraklik (18-a. oxiridan) koʻpgina kompozitorlarga ilxrm baxsh etgan. Polshada — Yu. Elsner, K. Kurpinskiy, M. Oginskiy va b. ; Germaniyala — G. Teleman va b. 19-a. da Mazurka butun Yevropada bal raqsi sifatida mashqur boʻlgan, opera va balet sahnalariga kiritilgan (M. Glinka, P. Chaykovskiy va b.). F. Shopen, A. Skryabin, K. Shimanovskiylarning fortepiano M. lari jahon musiqasining mumtoz asarlariga aylangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые