MAYKELSON

MAYKELSON (Michelson) Albert Abraxam (1852.19.12, Strelno, hoz. Stshelno, Polsha — 1931.9.5, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1923—27 prezidenti). AQSH Harbiy dengiz akademiyasini tugatgan (1873). 1889—92 y. larda Massachusets shtatidagi Vuster unti, 1892—1929-y. larda Chikago unti prof. Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. 1878—82 y. lar va 1924—26 y. larda yorugʻlik tezligini aniqlash ustida ish olib borgan. Natijada 1927-y. da u topgan yorugʻlik tezligining qiymati anikligi boʻyicha uzoq vaqt davomida eng mukammal hisoblangan: s=299796 ± 4 km/s. Optik texnikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan interferometriya ixtiro qilgan (1881). Oʻzi ixtiro qilgan interferometrii qoʻllab, yorugʻlik tezligining Yer harakati tezligiga bogʻliq emasligini tajribada isbotlagan (q. Maykelson tajribasi), uzunlik birligi metr b-n yorugʻlikning toʻlqin uzunligini taqqoslagan, spektral chiziqlarning oʻta yupqa tuzilishini tekshirgan. Juda yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega boʻlgan spektral as-bob (Maykelson esheloni)ni ixtiro qilgan. Yulduzlarning burchak dia-metrlarini anikdagan. Nobel mukofoti laureati (1907).

Ad.: Djefer B., Maykelson i skorost sveta [per. s angl. ], M., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x