MAYYA YOZUVI

MAYYA YOZUVI — indeys xalqlaridan biri — mayyalarning oʻziga xos iyero-glifik (soʻz-boʻgʻinli) yozuvi. 18—20-a. larda topilgan 4 ta yozma yodgorlik Drezden, Parij, Madrid, va NyuYork sh. larida saqlanadi. Ular mil. 1-a. ga mansub. Shuningdek, mayya shaharlari xarobalarida toshlarga yozilgan, biroq ataylab shikayet yetkazilgan bir qancha toshbitiklar ham aniqlangan. Mayya yozuvi 16-a. gacha, ispan cherkovi taqiqlaguncha amalda boʻlgan. Mayya yozuvida harf yoki boʻgʻinni ifodalovchi (fonetik), butun bir soʻzni bildiruvchi (ideografik), shuningdek, oʻqilmasada, soʻz maʼnosini tushuntiruvchi (ochqich) belgilar qoʻllangan. Hammasi boʻlib 300 ga yaqin belgi aniqlangan. Ieroglifik matnlar tili talaffuz, soʻzlar tarkibi, grammatik jihatlardan 16—17-a. lardagi mayya soʻzlashuv tilidan farq qilgan. Mayya kitoblari maxsus usul va vositalar bilan tay-yorlangan, har ikki tomoniga ohak surtilgan qogʻoz tasmalariga chutka bilan yozilgan. Mayya yozuvini oʻqib oʻrganish harakati 19-a. oʻrtalarida boshlangan boʻlsada, qogʻozga va toshga yozilgan matnlar hozirgacha toʻliq tarjima qilinmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x