MAYDALAGICH

MAYDALAGICH, maydalash mashinasi — I ) texnikada — qattiq materiallar (rudalar, kumir, fosforitlar va b.)ni mayda (5 mm dan kichik) zarralarga aylantirish uchun moʻljallangan mashinategirmon. Konchilikla foylali qazilmalarni boyitish uchun, metallurgiya, kimyo va sement sanoati, qurilish va b. sohalarda qoʻllaniladi. Foydali qazilmalarni, kimyo va sement sanoati materiallarini maydalash uchun, asosan, barabanli (sharli, sterjenli, toshli va b.) tegirmonlarpai; qurilishda toshlar, kesaklar, kvars, dala shpatini maydalash uchun yugurdaklarlan, yumshoq va oʻrtacha yumshoq materiallar (fosforitlar, kumir) ni maylalashla rolikli va halqali tegirmonlardan; mayin (1—2 mm dan 0,05 mm gacha) materiallarni tuy i shla titrama tegirmonlardan; yirikligi 0,1—0,2 mm li oʻta mayin materiallarni 2—10 mkm gacha yiriklikda tuyishla oqimli tegirmonlardan foydalanilali. Materiallarni yaxshi maydalash va tuyysh uchun saralagichlar (klassifikatorlar) ishlatiladi. Maydalagichda yaxshi maydalanmay yoki tuyilmay qolgan materiallar saralagichdan yana M. ga qaytariladi va yana maydalanadi yoki tuyilali;

2) chorvachilikda — dagal yem-xashaklarni qirqib va yanchib maydalash uchun moʻljallangan moslama va mashinalar. Dagal xashak va poyalar (somon, joʻxori va supurgi poyalari) tez aylanib turuvchi lisk-pichoq, qoʻzgalmas tayanch, tolalarni titib beruvchi moslama (shtift)lar va alektr dvigateldan iborat mashinalarda maylalanadi. Ildiz-mevalilar (xashaki sabzi, lavlagi, pyulgom, kartoshka va b.) va koʻkatlar pichoqli baraban, kesuvchi apparat va zchunchi ish organidan iborat mashinada maydalaniladi. Dagʻal yem-xashakni dastaki qirqqichlarda ham maydalash mumkin. Ular uchlari sharnirli (oshiqmoshiqli) biriktirilgan dastali katta chopqi (pichoq) va toʻrt oyoqli qoʻzgalmas tayanchdan iborat boʻladi;

3) q. x. da — mineral utitlar maydalagichi; ulardan uzoq muddat turib qotib qolgan oʻgʻitlarni yumshatishla, qar xil oʻgitlarni aralashtirish va elashda ham foydalaniladi. U pichoqlar mahkamlangan ish organi. bunker va transporterdan iborat buladi. Bunday Maydalagich traktordan harakatlantiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x