MAVLONOVA Oysha (1922.7.2, Turkiston — 1991.1.12, Samarqand) — opera xonandasi (messosoprano) va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). H. Nosirovansng izdoshi. Jizzax k-z—s-z teatri (1939—46), Samarqanddagi H. Olimjon nomidagi teatr (1946—64), Samarqand opera va balet teatri (1964—77) da aktrisa va xonanda. Sahnaviy isteʼdod va keng diapazonli ovozga ega boʻlgan. Mavlonova «Gulsara» (R. Glier, T. Sodiqov), «Nurxon» (T. Jalilov), «Nodira» (K. Jabborov, S. Hayitboyev), «Suymaganga suykanma» (S. Xoʻjaniyozov), «Oltin koʻl» (M. Leviyev), «Oshik gʻarib» (K. Otaniyozov va Mavlonova Yusupov) kabi musiqali dramalarda, «Farhod va Shirin» (V. Uspenskiy va G. Mushel), «Maysaraning ishi» (S. Yudakov), «Hamza» (S. Boboyev) va b. operalarda bosh partiyalarni ijro etgan. Mavlonova oʻz qahramonlarining ruhiy holati, ichki dunyosini psixologik teranlik va izchillikda mohirona talqin etgan. Konsert repertuaridan, «Munojot», «Chorgoh» va b. mumtoz ashulalar oʻrin olgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые