MAVAYEVA Gulnora Nizomovna

MAVAYEVA Gulnora Nizomovna (1931. 30.7, Samarqand) — balerina, raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Tamaraxonim nomidagi balet maktabida (1939—41), Navoiy teatrining balet studiyasida (1944—48) taʼlim olgan. Moskva xoreografiya bilim yurti qoshidagi oʻzbek balet studiyasini (1951), Leningrad xoreografiya bilim yurtining pedagogika boʻlimini (1971) tugatgan. 1945—49 va 1951—67 y. lar Navoiy teatrida yetakchi balet solisti. Toshkent xoreografiya bilim yurtida (1971-y. dan; 1975—78 y. lar badiiy rahbar), hamda Toshkent madaniyat in-ti (1974-78), Misr (1979-80), Yaman (1980—81) balet maktablarida, 1982-y. dan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida mumtoz raqs oʻqituvchisi. Mumtoz va jahon baletlarida bir qancha partiyalarni ijro etgan: Mariya, Zarema (B. Asafyev, «Boqchasaroy favvorasi»). Esmeralda (Ch. Puni, «Esmeralda»). Siren pariyey, Avrora (P. Chaykovskiy, «Uyqudagi goʻzal»). Suyumbeka (F. Yarullin, «Shurale»), Mirta (A. Adan, «Jizel»), Xuanita (K. Glyuk, «Don Juan») va b. Oʻzbek baletlaridagi Gulnora (G. Mushel, «Raqqosa»), Oynisa (D. Zokirov, B. Giyenko, «Oynisa»), Lola (Ik. Akbarov, «Orzu») kabi partiyalarida Yevropa mumtoz raqsini anʼanaviy oʻzbek raqs harakatlari bilan uygʻunlashtirishga intilgan. Mavayeva oʻzbek mumtoz, xalq va zamonaviy raqslarning ham mohir ijrochisidir. U koʻproq lirik raqqosa boʻlib, raqslari jozibador va nafisligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: «Katta oʻyin», «Pilla», «Fargʻona ruboiysi», «Orzu», «Bahor», «Shoʻx qiz», «Ey sarvi ravon», «Oʻynasin», «Raqqosa», «Zebunniso» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x